• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

ATT kafedrasi tomonidan TJBAKT yo'nalishi talabalariga ko'chma mashg'ulot tashkil etildi

NamMQI Sanoatni axborotlashtirish fakulteti Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi G.Inamova, dots. Z. Kodirov va 6-7-TJBAKT-21 guruhi talabalari Namnangan shaxrida joylashgan "GLASS EXPO" ma’suliyati cheklangan jamiyatining  korxonasiga  joriy yilning 24 aprel kuni bordi. 
"GLASS EXPO" korxonasi xar xil turdagi oynalarning ulgurji savdosi bilan shug'ullanadi: shaffof, rangli, qovurg'ali, rangli, mustahkamlangan va boshqalar.  Korxona shishani  bukish, so'ngra uni chiniqtirish va qumlash, shuningdek, turli xil oynalarni ishlab chiqazadi. 
GLASS EXPO kompaniyasi xorijiy kompaniyalar bilan barqaror ishbilarmonlik aloqalarini o'rnatgan.
GLASS EXPO kompaniyasining shiori yuqori sifat, xushmuomalalik va har bir mijozga shaxsiy yondashuv.
Talabalar GLASS EXPO kompaniyasidagi zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishishdi. Ishlab chiqarish jarayonida o'zlari egallagan bilimlarini  tadbiq kilish va qo'llanishi bilan tanishishdi

  • Share :