• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Bank, xolding va kompaniyalar vakillari institut jamoasini bayram bilan qutladi

1 oktyabr— Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Namangan muhandislik-qurilish instituti tashkil etilgan tadbirga jamoani qutlash uchun ko‘plab mehmonlar keldi.

“Ipak yo‘li” banki viloyat filiali, Art Soft Holding, Imzo kompaniyalari vakillari tadbir davomida so‘zga chiqib, ustozlarga ehtiromlarini bildirishdi. Ularga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Muxtor Avezov nomli Janubiy Qozog‘iston universiteti vakillari ham namanganlik hamkasblarini qutlab, bayram sovg‘alarini taqdim etdi.

Shuningdek, tadbir davomida instit kasaba uyushma qo‘mitasi sovrini uchun o‘tkazilgan sport o‘yinlari g‘oliblari ham munosib taqdirlandi.

  • Share :