• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Chet ellik mehmonlar institut jamoasini bayram bilan qutladi

1 oktyabr— Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Namangan muhandislik-qurilish institutiga bir guruh chet ellik mehmonlar tashrif buyurdi.

AQSHning Fulbrayt dasturi doirasida viloyatda faoliyat olib borayotgan Kolton Povaski, Janubiy koreyalik professor Ox Yumrak, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti dots.nti Kanat Dosaliyev, mazkur universitet Kasbga yo‘naltirish markazi direktori Baxitjan Ismoilov  jamoani kasb bayrami munosabati bilan chin dildan qutladi.

Mehmonlar ajoyib davra va bayramona ruh uchun minnatdorlik bildirib, o‘zlarining samimiy tilaklarini izhor etdi.

  • Share :