• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

E'LON!!!

Namangan muhandislik-qurilish institutida Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlariga 2024-yil uchun talabgorlarni qabul qilish bo'yicha kirish imtihonlari, suhbatlar quyidagi kunlarda bo'lib o'tadi:

- Stajyor-tadqiqotchilikka kirish uchun  suhbatlar 25.11.2023 y. shanba kuni soat 08:30 da  NamMQI 1-o'quv binosi (109-xona) da tegishli  ixtisosliklar kesimida o'tkaziladi.

-Tayanch doktorantura (Maqsadli tay.dokt) ga kirish uchun  suhbatlar 27.11.2023 y. dushanba kuni soat 13:00 da NamMQI 3-bino (majlislar zali) da tegishli ixtisosliklar kesimida o'tkaziladi.

Talabgorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport/id-karta) bilan belgilangan vaqtda imtihon/suhbat o'tkazish joyiga yetib kelishlari so'raladi.

  • Share :