• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Fundamental loyihalar xorijiy hamrahbarlarining birinchi xalqaro forumi

Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan davlat ilmiy dasturlari doirasida  bajarilishi besh yilgacha mo‘ljallangan fundamental loyihalar tanlovining 29-turi natijalariga ko‘ra umumiy moliyalashtirish hajmi 236,3 mlrd so‘m (21,5 mln dollar) bo‘lgan 76 ta fundamental loyiha moliyalashtirilgan.

Ushbu fundamental loyihalar Xitoy, AQSh, Rossiya, Germaniya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Angliya, Afrika, Belgiya, Daniya, Kanada, Qozog‘iston, Malayziya, Niderlandiya, Portugaliya, Ukraina, Finlyandiya, Yaponiya kabi 20 dan ortiq  xorijiy davlatlarning nufuzli olimlari bilan hamkorlikda bajarilmoqda.

Bugungi kunda 12 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha fundamental tadqiqotlar olib borilmoqda.

Forumda onlayn ishtirok etish havolasi:

https://us02web.zoom.us/j/89653002920?pwd=by84clNXajAzUHROOEorb1hiMkdkUT09

  • Share :