• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institut ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ayni paytda Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishni institut rektori Sharifboy Ergashev ochdi va olib bormoqda. Ilmiy kengash avvalida ilmiy darajaga erishgan va turli tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar va talabalar taqdirlandi. Shundan so‘ng fakultet va kafedralar kesimida ilmiy salohiyat ko‘rsatkichlari tanqidiy tahlil qilindi. Imkoniyati bo‘laturib, ilmiy salohiyatni oshirish, doktoranturaga nomzodlar tayyorlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mas'ullarning hisobotlari tinglanib, holatni o‘zgartirishlari zarurligi yuzasidan ogohlantirildi. Shuningdek, elektron darslik va qo‘llanmalar yaratish borasidagi kamchiliklar ham tanqid ostiga olindi. Bu jarayonni tashkillashi lozim bo‘lgan mutasaddilardan mas'uliyat so‘raldi. Hozirda ilmiy kengash yig‘ilishi davom etmoqda va ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinmoqda.

 

NamMQI media markazi

  • Share :