• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institut jamoasi Qoʻqonning diqqatga sazovor manzillari bilan tanishdi

NamMQI rektori boshchiligidagi delegatsiya va institut faol yoshlari Qoʻqon shahrining diqqatga sazovor manzillari bilan tanishdi.

Jamoada xususan Qoʻqon xoni Xudoyorxon oʻrdasi katta taassurot qoldirdi. Bu yerda yaqin oʻtmishga oid koʻplab eksponatlar, nodir qoʻlyozmalar va hujjatlar jamlangan.

Institut yoshlari ushbu muzey bilan batafsil tanishib, tarix va ajdodlar merosiga oid bilimlarini yanada mustahkamladi.

NamMQI media markazi

  • Share :