• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institutda “Ilmiy maqola matnini tayyorlash qoidalari” mavzusida seminar tashkil etildi

Institut “Olima ayollar kengashi” raisi Ozoda Abdullayeva tomonidan tashkillangan seminarni ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev ochib berdi.

Seminar davomida ilmiy maqolaga qoʻyiladigan umumiy talablar, ilmiy maqolaning tuzilishi, xalkaro ilmiy jurnallarning eksperimental tadkikot natijalarini tavsiflovchi asosiy kismlari, Scopus va Web of Science bazasidagi jurnallar va ularda maqola chop etish masalalari, ilmiy maqola yozishda APA stilining hususiyatlari, Springer resursidan foydalanish imkoniyatlari, Xirsh indeksini oshirish yoʻllari, klonlashtirilgan va qaroqchi jurnallarni aniqlash yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.

Shundan soʻng seminar ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan maʼruzachiga murojaat qilib, kerakli javoblarni olishdi. Mavzu yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.j,

  • Share :