• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institutda “Kitobxonlik haftaligi”ning yakuniy tadbiri boʻlib oʻtdi

Tadbirda institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Qahramon Inoyatov, fakultet dekanlari va boʻlim boshliqlari, axborot-resurs markazi xodimlari, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Soʻzga chiqqan mutasaddilar mazkur haftalik yuqori saviyada tashkillangani va tadbirlarga boy boʻlganini eʼtirof etib, bunga hissa qoʻshgan ARM xodimlari, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va talabalarga tashakkurnoma va kitoblar topshirdi.

Institut axborot-resurs markazi vakillari kelgusi kitobxonlik haftaliklari bundan ham yuksak darajada tashkillanishini taʼkidladi va bu borada jonbozlik koʻrsatgan professor-oʻqituvchilar va talabalarga minnatdorlik bildirdi.

NamMQI media markazi

  • Share :