• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida “Kafedra kuni” o‘tkazildi

Tadbirda institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Kunning birinchi yarmida fakultet tasarrufidagi kafedralar professor-o‘qituvchilarining ochiq darslari o‘tkazildi, ikkinchi yarmida esa Iqtisodiyot kafedrasi mudiri Oybek Aripov, Menejment kafedrasi mudiri Azimjon Adashev, “Shaharsozlik va kommunal infratuzilmani tashkil va boshqarish” kafedrasi mudiri Feruza Boyboboeva hamda “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi mudiri Shuhrat Ma'qulovning hisobotlari, iqtidorli talabalarning musobaqa, tanlovlarda erishgan yutuqlari to‘g‘risidagi  ma'lumotlari tinglandi. “Kafedra kuni” yakunida kafedra mudirlarining 2022 yildagi natijalar  va istiqboldagi strategiyalari bo‘yicha taqdimotlari namoyish etildi.

 

NamMQI media markazi

  • Share :