• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon To‘lanovich Ergashevning Navro‘z ayyomi munosabati bilan bayram TABRIGI

Aziz professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar, qadrli talabalar!

O‘lkamizda yangilanish va yasharish bayrami shukuhi kezayotgan qutlug‘ kunlarda Sizga va oila a'zolaringizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadoningizga qut-baraka tilayman.

Joriy yilgi Navro‘z ayyomi institutimizda jamoaning katta bayram sayli tariqasida o‘tkazildi. Milliy o‘yinlar, sport musobaqalari, zukkolik tanlovlari, bahoriy taomlar tortilgan dasturxon va san'atkorlarning chiqishlari davraga fayz bag‘ishladi.

Istagimiz shuki, bunday quvonchli kunlarimiz bardavom bo‘lsin. Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz ushalsin!

Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin!

  • Share :