• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalari o‘rtasida “Institutni raqamlashtiruvchi xizmatlar” nomli tanlov o'tkazilad!

Tanlov shartlari:

1. Institut kutubxonasini boshqarish tizimini ishlab chiqish;
2. Iqtidorni namoyish etuvchi  «Community» platformasini ishlab chiqish;
3. Fanlar bo‘yicha ochiq elektron adabiyotlar bazasini shakllantirish; 
4. NamMQI kafedralari faoliyat samaradorligini yorituvchi platformа ishlab chiqish;
5. Nazorat savollari va testlar bankini variantlovchi onlayn tizim ishlab chiqish;
6. Professor-o‘qituvchilar maoshlariga VMning 1030-sonli qarori asosida ustama belgilash  uchun hujjatlarni qabul qilish va ustama belgilash tizimini raqamlashtirish.

Tanlovga taqdim etilgan ishlar yakka tartibda yoki jamoaviy tarzda bajarilishi mumkin.

Tanlovga dasturiy mahsulotlar 2024 yil 31 martgacha qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblarini bazaviy stipendiyaning 8-10 baravari miqdorida pul mukofotlari va sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etuvchi talabgorlar https://forms.gle/afBgWsM7e6vq8v2KA manzilida 20.02.2024 yilga qadar ro'yxatdan o'tishlari talab etiladi.

⁉️Tanlov bo'yicha savollar bo'lsa U.Goyipovga (+998934024797)  murojaat etish mumkin.

  • Share :