• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish institutida 1 oktyabr'— Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari Botirjon Nuriddinov ochib berdi va bir guruh professor-o‘qituvchilarga viloyat hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Institut rektori Sharifjon Ergashev jamoani bayram bilan qutlab, oliy o‘quv yurtining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Viloyat oliy ta'lim, fan va innovasiyalar boshqarmasi boshlig‘i Ilhomjon Sattorov institutning uch nafar professor-o‘qituvchisiga “Oliy ta'lim a'lochisi” ko‘krak nishonini taqdim etdi.

Namangan shahar hokimining o‘rinbosari Muzaffar Tursunboev ustozlarga shahar hokimligi tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining Namangan viloyati bo‘yicha mas'ul xodimi Lutfiddin G‘aniev ham bir guruh faollarni rag‘batlantirdi.

 

 

  • Share :