• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish institutida adabiyot bayrami boʻlib oʻtdi

Tadbirni institut rektori ochib berdi va barcha ishtirokchilarni adabiyot bayramiga aylanishga ulgurgan ajoyib loyihada qatnashayotganlari bilan qutladi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari Musoxon Oppoqov bu kabi tadbirlar yoshlarda kitobxonlikka boʻlgan qiziqishni ortishiga olib kelishini taʼkidladi.

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari, shoir Botir Ergashev va uyushma boʻlim boshligʻi, shoira Maʼmura Zohidova oʻz hayot va ijod yoʻllari haqida hikoya qildi, sheʼrlaridan namunalar oʻqidi.

Tadbir davomida mehmonlarning sheʼrlariga bastalangan qoʻshiqlar yangradi, ularga esdalik sovgʻalari topshirildi.

  • Share :