• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namanganda kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari boshlandi

3 oktyabr sanasidan e'tiboran professional ta'lim muassasalari tarkibiga kiruvchi kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari boshlandi. Bu jarayon Namangan viloyatida ham uyushqoqlik bilan tashkil etilgan. Imtihonlar Namangan muhandislik-qurilish instituti qoshidagi akademik litsey va “Barkamol avlod” sport majmuasi sport zallarida bo‘lib o‘tmoqda. Imtihon topshiruvchilar FaceID tizimidan o‘tkazilib, sinovda belgilangan tartiblar asosida qatnashmoqda. Test jarayonida tibbiy va boshqa xavfsizlik choralari ko‘rilgan. O‘quvchilar ruchka bilan to‘liq ta'minlanmoqda. Test jarayonining adolatli va shaffof o‘tishini ta'minlash uchun test o‘tkazilayotgan hududlarga to‘la kamera kuzatuvi o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, test sinovlari kuniga ikki smenada, ya'ni birinchi smena 09:00 dan, ikkinchi smena esa 14:00 dan bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Abiturientlarga omad tilaymiz!

  • Share :