• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namanganda start olgan "Tengdosh-tengdoshga" tamoyili

Namanganda start olgan "Tengdosh-tengdoshga" tamoyili, “Islohotlarga daxldorman” shiori ostidagi targ‘ibot aksiyasi yoshlarni bir manzilda birlashtirdi   
  
Targ‘ibot tadbiri Namangan muhandislik-qurilish institutida tashkil etilib, tadbirni o‘tkazish uchun TDYUdan o‘qituvchi va talabalar, Namangan viloyati yuridik texnikumi  o‘quvchilari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari tashrif buyurdi.   

Ular Namangan shahar hamda Davlatobod va Yangiqo'rg'on tumanlaridan tashrif buyurgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, mamalakatimizda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar,  qonunchilikda yoshlarga berilayotgan imtiyoz va kafolatlar hamda ona Vatanga muhabbat, sadoqat, mehr-muruvvat kabi tuyg‘ularni mustahkamlash bo‘yicha suhbat o‘tkazdi.

  • Share :