• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI kitobxonlari aniqlandi

Institut Axborot resurs markazida "Kitobxonlik haftaligi" doirasida ARM xodimlari va Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti koordinatorlari boshchiligida "Yosh kitobxon talabalar ligasi" tanlovi oʻtkazildi.

Tanlovda nizomga muvofiq har bir fakultetdan 6 nafardan tarkib topgan, bittadan jamoa ishtirok etdi. Ikkita shart (Men yoqtirgan asar, Eng bilimdon kitobxon) boʻyicha boʻlib oʻtgan bellashuvlar quyidagicha yakunlandi:

1 - Sanoatni axborotlashtirish fakulteti jamoasi
2 - Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti jamoasi
3 - Transport fakulteti jamoasi

Tanlovda gʻolib boʻlgan jamoalarning har bir aʼzosi mos ravishda 300 ming, 200 ming, 100 ming soʻm pul mukofoti va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.

  • Share :