• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI vakillari “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” korxonasi faoliyati bilan tanishdi

NamMQI rektori Sharifjon Ergashev, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Qahramon Inoyatov, Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani Abdurahim Qahharov va Kimyoviy texnologiya kafedrasi jamoasi Qoʻqondagi “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Mehmonlarga sobiq Qoqon supefosfat zavodining bugungi kundagi faoliyati yuzasidan batafsil maʼlumot berildi va korxona hududi boʻylab sayohat tashkil etildi.

“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” oddiy va ammiakli superfosfat, NPK (azot-fosfor-kaliyli) oʻgʻitlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boʻlib, hozirda  ammoniy xlorit va ammoniy sulfat tayyorlovchi sexlar ham qurib bitkazilmoqda.

Korxonaning “Oltin” brendi ostidagi mahsulotlari ichki bozorga yetkazib berilishidan tashqari qoʻshni mamlakatlar, Yaponiya, Gruziya, Xitoy, Mugʻuliston, Ruminiya, Polsha va Boltiqboʻyiga ham eksport qilinadi.

NamMQI media markazi

  • Share :