• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQIda Navro‘z sayli: Ayyomni aks ettiruvchi sahna va dasturxonga tortilgan bahoriy taomlar

Namangan muhandislik-qurilish institutida bugun Navro‘z sayli bo‘lib o‘tdi. Unda institutning barcha fakul'tet va kafedralari professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

Buning uchun a'lo kayfiyat baxsh etuvchi sahna tayyorlandi. Bayramona dasturxon bezatilib, unga bahoriy taomlar tortildi. Har bir jamoa o‘zi o‘tirgan davra atrofini ayyom shukuhiga mos ravishda bezadi.

Bayramni olib boruvchilar ham milliy qadriyatlarga mos kiyimlarda tadbirni olib bordi.

NamMQI media markazi

  • Share :