• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQIda talabalarning ilmiy, innovatsion va start-up loyihalarini ragʻbatlantirishga qaratilgan "TechnoWays" tanlovi boʻlib oʻtdi

Tanlov jarayonlarida institut rektori Sharifjon Ergashev va hakamlar hayati a'zolari tomonidan talabalarning loyihalari taqdimotlari tinglandi va har bir loyiha mualliflariga kelgusida ushbu loyihalar institut tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi bildirildi.

O'tkazilgan tanlov natijalariga ko'ra:

1-oʻrinni Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 4-bosqich talabasi Murodjon Kamoliddinov (Doctor Watch loyihasi);

2-oʻrinni Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 4-bosqich talabasi Shohjahon Sobirov (Smart street lights loyihasi);

3-oʻrinni Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 3-bosqich talabasi Ahrorbek Karimov (Uzbek voices loyihasi) egalladi va keyingi bosqichga tavsiya etildi.

  • Share :