• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQIda “Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Tadbirni institut rektori Sharifboy Ergashev ochdi va olib bordi. U ishtirokchilarni kirib kelayotgan ustozlar bayrami bilan qutlab, anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.  Konferensiyada NamMQI professori Ikromiddin Sirojiddinov, O‘sh davlat universiteti professori Muqaddas Jo‘raboeva, Andijon davlat universiteti falsafa doktori Zulfiya Husanova, O‘sh davlat universiteti professori Murod Abdiev, NamMTI dotsenti A'zamjon Ahmedov va boshqalarning mavzu bo‘yicha ma'ruzalari tinglandi.  Yalpi yig‘ilishdan so‘ng konferensiya ishi yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘balarga bo‘lingan holda davom etdi. 

 

NamMQI media markazi

  • Share :