• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQIda “Zamonaviy mashinasozlikda innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning ilmiy asoslari: tajriba va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

Tadbirni Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifboy Ergashev ochib berdi. U Rossiya, Qozog‘iston, Malayziya kabi xorijiy davlatlar, shuningdek, respublikamizning turli hududlaridan kelgan mehmonlarni qutlab, anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

 Anjumanda Naberejnie Chelni instituti direktori Mahmud G‘aniev, Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti dotsenti Berdiyor Kalimbetov, Toshkent davlat texnika universiteti professori Nodir To‘raxo‘jaev, Sankt-Peterburg tog‘-kon universiteti professori Andrey Shipachyov va boshqalarning mavzu yuzasidan ma'ruzalari tinglandi. 

Shundan so‘ng anjuman ishi sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettirildi. 

Yakunda anjuman ishtirokchilari o‘tkazilgan mazkur ilmiy tadbir yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi. 

 

NamMQI media markazi

  • Share :