• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“O‘zbekiston - 2030” strategiyasi – yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yangi bosqich”

“O‘zbekiston - 2030” strategiyasi mazmun-mohiyatini o‘rganish, ayniqsa yoshlarda ushbu muhim strategik hujjatdan ko‘zlangan maqsadlar haqidagi ko‘nikmalarni kengaytrish, ularning ilm olish, rivojlanish va o‘z maqsadlariga erishish yo‘lidagi harakatlarini “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan holda olib borishga hamda ushbu hujjatda belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq etishda faol ishtirok etishga yo‘naltirish yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. 
Institutda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning amaliy davomi sifatida Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti dekanati tashabbusi va mas’ulligida “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi – yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yangi bosqich” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda fakultet dekani Fayzullo Nishonov, O‘zbekiston XDP Namangan viloyati kengashi raisi o‘rinbosari Ergashho‘ja Jo‘raxo‘jayev,  Xalq deputatlari Namangan shahar kengashi deputati  Ilhomjon Kamolov, Namangan viloyati Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ahrorbek Fayzullayev, Namangan viloyati Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i Ahrorbek Akbarov, O‘zbekiston XDP Namangan shahar kengashi raisi  Dilnoza O‘rinboyeva va O‘zbekiston XDP Namangan viloyat kengashi bo‘lim boshlig‘i Sarvinoz Eshaliyeva, fakultet mas’ullari hamda talabalari ishtirok etdilar. Tadbir davomida “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi ijrosida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish sohasida olib borilayotgan ishlar, choralar va kutilayotgan natijalar hamda kelgusidagi vazifalar haqida mas’ullardan ma’lumotlar olindi. 
Davra suhbatida talabalar tadbir mavzusi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. 
Tadbir so‘ngida O‘zbekiston XDP Namangan shahar kengashiga a’zo bo‘lish niyatida ariza topshirgan bir guruh fakultet talabalariga partiyaning a’zolik guvohnomalari va esdalik sovgʻalari topshirildi.

  • Share :