• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

PKF Antares Kanada – O‘zbekiston kompaniyasining vakili maxorat darsi o‘tdi

16 mart 2024 yil kuni PKF Antares Kanada – O‘zbekiston kompaniyasining vakili, dasturlash bo‘yicha yetakchi mutaxassis M.Ataxanov tomonidan NamMQI ATT kafedrasi talabalari va yosh o‘qituvchilari uchun mahorat darsi o‘tildi. Mahorat darsida M.Ataxanov PKF Antares kompaniyasi tomonidan turli korxonalarga va jismoniy shaxslarga audit xizmatini ko‘rsatuvchi oylayn platforma imkoniyatlari haqida, xususan bu platformani yaratish bo‘yicha dasturlash texnologiyalari haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. 
Shuningdek, dasturlash bo‘yicha yetakchi mutaxassis M.Ataxanov ishtirok etgan boshqa dasturlash bilan bog‘liq ilmiy-amaliy loyihalar ham taqdim etildi. 
M.Ataxanov taqdim etgan loyihalarda tarmoq texnologiyalari bilan ishlash, turli sensorlar signallarini qayta ishlash, qurilmalarni boshqarish va shu kabi bir qator dasturlash texnologiyalari haqida qiziqarli va noyob ma’lumotlar taqdim etildi. 
Mahorat darsi qiziqarli va bahs-munozalarga boy bo‘ldi. Mashg‘ulot tinglovchilari uchun qiziqarli savollarga javoblar berildi. Kelgusida bunday uchrashuvlarni yanada kengroq formatda o‘tkazishga kelishib olindi.

  • Share :