• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Ramazon yoʻqlovlari: Oliy matematika kafedrasi dotsenti Nurmat Turgʻunov xonadoni yoʻqlandi

NamMQI rektori boshchiligidagi mutasaddilar institutda uzoq yillar ishlab, nafaqaga chiqqan Nurmat Turgʻunov xonadonini yoʻqladi.

Nurmat Turgʻunov institutdagi faoliyatini 1982-yildan boshlagan va oʻqituvchilikdan Oliy matematika kafedrasi dotsentligigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtgan. Institutning turli-tuman tadbirlarida faol ishtirok etgan. Hozirda 80 yoshni qoralagan ota xonadonida farzandlari va nevara-evaralari ardogʻida.

Institut rektori boshchiligidagi mutasaddilar u kishining suhbatidan bahramand boʻlib, samimiy tilaklari va Ramazon hadyalarini yetkazdi.

  • Share :