• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Taniqli sharhlovchi Orif Tolipov boshlovchilik qilgan "FutbolQuiz" o'yinida NamMQIning "A-Z" jamoasi ikkinchi o'rinni egalladi

Dam olish kuni Namanganda "QuizIQ"ning futbolga atalgan o'yini bo'lib o'tdi. O'yinning bu galgi sonida taniqli sharhlovchi Orif Tolipov boshlovchilik qildi.

Murosasiz kechgan o'yinda institut professor-o'qituvchilari, talabalari, bitiruvchilari va xodimlaridan iborat jamoa munosib ishtirok etib, ikkinchi o'rinni egalladi.

Jamoamizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz. Barakalla!

  • Share :