• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasida umumxalq hashari

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga ko’ra, 2023-yil 18-mart kuni, ya’ni Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida Respublika miqyosida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilgan umumxalq hasharida “Texnik tizimlarda AT” kafedrasi professor-o’qituvchi va hodimlari ham munosib ishtirok etishdi. 
Navro‘z bayrami arafasida ayyomni munosib kutib olish va nishonlash maqsadida hashar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan. Zero, hashar tadbirlarida odamlar orasida o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, aholi turar joylari, mahallalar, ijtimoiy soha ob’yektlari, xususan ta’lim muassasalarini obod qilish va ko‘kalamzorlashtirish, hududlar sanitariya holatini yaxshilash ishlari umumxalq harakati darajasiga ko‘tariladi. 
Mana shunday ko’tarinkilik va hamjihatlik ruhida “Texnik tizimlarda AT” kafedra jamoasi ham bugungi umumxalq hashari tadbirlarida faol ishtirok etishdi. Kafedra hududi, o’quv-laboratoriya xonalari ozoda, obod va ko’rkam ko’rinishga keltirildi.
 

  • Share :