• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

"Vatanparvar" tashkiloti o‘quv sport texnika klubiga ochiq eshiklar kuni munosabati bilan tashrif

  Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlarida yoshlarning faol ishtirokini ta'minlash, yuksak ma'naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, sog‘lom e'tiqodli, har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirishga alohida e'tibor berib kelinmoqda.

     23.09.2022 kuni Transport fakulteti YoBIB dekan muovini G‘.Tuxliev, tyutor Sh.Turaev, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida Namangan shahar "Vatanparvar" tashkiloti o‘quv sport texnika klubiga ochiq eshiklar kuni munosabati bilan tashrif buyurishdi 

    Tashkilot tomonidan aholi, ayniqsa yoshlarni harbiy-vatanpavarlik ruhida tarbiyalash, ularni sportning texnik va amaliy turlariga jalb etish hamda ommaviy texnik kasb mutaxassisliklariga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar to‘g‘risida axborot berildi

    “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri davomida “Vatanparvar” tashkilotining zamonaviy yengil va yuk o‘quv avtomobillari, sinf xonalari, sport texnikalari karting, mototsikllar, sport avtomobillarining ko‘rgazmali namoyishlari, sport seksiyalari a'zolarining faoliyatidan namunalar taqdim etildi.

     Tashrif davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga tashkilot boshlig‘ining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari A.Xodjimirzaev tomonidan atroflicha javoblar berildi.

  • Share :