• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Viloyat madaniyat markazida “Fizika - 2022” ikkinchi xalqaro forumi o‘z ishini boshladi

Namangan muhandislik-texnologiya instituti tashabbusi bilan Fanlar Akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan davlat universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan ushbu forumda Rossiya, Malayziya, Belarus, AQSh, Fransiya, Zambiya, Italiya, Portugaliya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning yetakchi oliy o‘quv yurtlari rektorlari, akademiklar, professorlar va tadqiqltchilar  ishtirok etmoqda.

Forum doirasida Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Yo‘ldoshev bilan ochiq muloqot, ilmiy ishlanmalar va innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi, ilmiy tadqiqot ishlarini olib boryotgan izlanuvchilar bilan yetakchi professorlarning uchrashuvlari  rejalashtirilgan.

Forum yakunida mahalliy va xorijiy ilmiy-tekshirish institutlari, oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolanishi ko‘zda tutilgan.

  • Share :