• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Yosh olimlar qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuboriladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi iqtidorli yoshlarning ilmiy g‘oyalarini rag‘batlantirish, ularning xorijiy universitetlar va ilmiy markazlarda qisqa muddatli stajirovkalarini tashkil etish maqsadida tanlov e’lon qiladi.

Shu munosabat bilan, oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar (buyurtmachilar) stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)larni 1- va 2-ilovalarga muvofiq joriy yilning 6-aprel sanasiga qadar Agentlikka taqdim etishlari mumkin.

Nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar buyurtmachilar tomonidan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan va umumlashtirilgan holda Agentlikning info@mininnovation.uz yoki exat@mininnovation.uz elektron manziliga yuboriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun:

Tohirov Sarvarbek, (71) 203-32-23 (ichki raqam 655);

Sultonov Sulaymon, (71) 203-32-23 (ichki raqam 655).

1-ilova 

2-ilova 

  • Share :