• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

ENERGETIKA KAFEDRASI

Kafedra haqida

“Energetika” kafedrasi 1998 yili “Elektrotexnika va o’qitishning texnik vositalari” kafedrasi asosida mutaxassislik kafedrasi sifatida tashkil etilgan bo’lib 1998-1999 o’quv yilidan boshlab 5140900-Kasb ta’limi (Elektr energetikasi) va 5520200-Elektr energetikasi yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar, 2002 yildan 2012 yilgacha 5A140901-Kasb ta’limi (Elektrenergetikasi) mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlagan. Elektrotexnika va energetika kafedrasiga 2001-2003 yillarda professor M.Djuraboyev, 2003-2010 yillarda dotsent M. Toshmirzayev, 2010-2011 yillarda dotsent G’.Dadamirzayev, 2012 yilda dotsent M.Murodov, 2013 yilda dotsent M.Toshmirzayev rahbarlik qildi. 2014 yil 29 dekabr oyidan 2019 yil gacha dotsent. M.Murodov rahbarlik qildi. 2019 yil sentyabrdan buyon Umarov Qudratilla mudirlik qilmoqda.

Hozirda kafedrada ikki yo`nalishda 5310200 – Elektr energetikasi, 5312400 – muqobil energiya manbalari  yo`nalishlarida bakalavriatura.5A310101-GES (gidro elektr stansiya), 5A310203-ES(elektr stansiya ) magistratura  bo`yicha  kadrlar tayyorlanmoqda.

 

Kafedraning ilmiy salohiyati (19%)

Dotsentlar - 4 nafar
 Katta o’qituvchi - 5 nafar
 O’qituvchilar - 3 nafar
 Texnik xodimlar - 3 nafar

O’quv metodik ishlar

       Kafedrada doimiy ravishda Elektr energiyasidan foydalanish, ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashni avtomatlashtirish bo’yicha  o`quv qo’llanma, 39 nafar o’quv rejadagi  fanlardan uslubiy qo’llanmalar, uslubiy ko`rsatmalar tayyorlash bo`yicha ishlar olib borilmoqda.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot  ishlari

        Kafedra katta o’qituvchisi Daminov A. “Turli uglegrafit materiallardan sintetik olmosni sintezlash va uni xossalarini o’rganish” mavzusini prof.B.B.Melikov  rahbarligida 2021 yilga ximoyasi rejalashtirilgan xolatda tashkil etmoqda. 

Kafedra katta o’qituvchisi D.Zokirova “Muctaqil talim jarayonida bo’lajak muxandislarning kasbiy elektirotexniktayorgarligini takomilashtirish metodi (texnika oliy talim muassasalarida”nazariyelektiro texnika ” fanini o’qitish misolida)”mavzusini p.f.d. Ximmataliev D.O.  rahbarligida 2021 yilga ximoyasi rejalashtirilgan xolatda tashkil etmoqda.

O’qituvchisi. A.Mamadjanov ““Nasos stantsiyalari tashlama xovuzlarining gidroenergetik potentsia- lidan foydalangan ҳolda, gravitatsion girdobli mikrogidroelektrostantsiya parametrlarini asoslash va energiya samaradorligini oshirish” mavzusini Texnika fanlari doktori, professor, O’zRFA akademigi Zaxidov Romen Abdullaevich R.A.Zaxidov rahbarligida 2021 yilga ximoyasi rejalashtirilgan xolatda tashkil etmoqda.

Texnika fanlari nomzodi dotsent M.Murodov “Fotoelektrik modullarni tadqiq qilish” mavzusini f-m.f.d. S.Tursunov rahbarligida olib bormoqda. Ustoz-shogird ana’nalarini davom ettirgan holda, kafedra dotsenti M.Murodov elektr energetikasi yo’nalishining  iqtidorli talabalar uchun 2011 yilning sentyabr oyidan boshlab “Yosh  energetiklar” to’garagiga rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada oxirigi 10 yil mobaynida to’garak qatnashchilaridan ikki nafari o’tkazilgan “Kelajak ovozi-2013” Respublika ko’rik tanlovining Namangan viloyati bosqichida institutimiz sharafini himoya qilib Respublika bosqichiga yo’llanma oldilar. Jumladan:  Tillayev Davron, 9-EE-11 guruh talabasi, texnik loyiha va ishlanmalar yo’nalishi bo’yicha 1-o'rin.
va Tillayev Naimxon, 6-KTE-10 guruh talabasi, texnik loyiha va ishlanmalar yo’nalishi bo’yicha 2-o'rin.

 

Kafedra professor-o'qituvchilari:

1.Umarov Qudratilla fizika-matematika fanlari nomzodi dotsent
2. Murodov Muzaffar Xabibullayevich - texnika fanlari nomzodi dotsent
3. Dadamirzayev G’ulomqodir - fizika-matematika fanlari nomzodi dotsent
4. Nabiyev Shavkat Inamdjanovich – fizika-matematika fanlari nomzodi dotsent
5. Otamirzayev Olimjon Usubovich - katta o’qituvchi
6. Yusupov Odil Yakibovich – katta o’qituvchi
7. Daminov Akmal Akbaraliyevich - katta o’qituvchi
8. Atamirzayev Tohirjon – katta o’qituvchi
9. Zokirova Dilnoza Ne’matullayevna - katta o’qituvchi
10. Mamadjanov Abdushoxid Baxromjanovich - o’qituvchi
11. Sharipov Farxod Fazliddinovich – o’qituvchi
12. Tuychiyeva Mahliyo – o’qituvchi

 

 Kafedra tarkibi:


 

Umarov Qudratilla Bekbayevich

 E-mail: umarovqudratilla1961@gmail.com

Q.B.Umarov 1983 yili Toshkent davlat universiteti(xozirgi Uzbekiston Milliy universiteti) kunduzgi bulim fizika fakulьtetini fizik-oʼqituvchimutaxassisligini tamomlagan.1983 yildan 1998 yilgacha Namangan sanoat texnologiya instituti “Fizika” kafedrasi assitenti, katta oʼqituvchisi, dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan. 1998 yilda 2019 yilgacha institut qoshidagi akademik litseyda fizika fani oʼqituvchisi, oʼquv ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosari va direktor lavozimlarida ishlagan. 2019 yilda hozirgi kunga qadar “Energetika” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent Davlat Universiteti huzuridagi DSc.067.02.24 raqamli ilmiy Kengashda 1995 yil 22 aprel kuni “Zaryad tashuvchilar va fotonlar qizishining yarimoʼtkazgichli toʼgʼrilovchi strukturalarning elektrofizik xususiyatlariga taʼsiri” mavzusida 01.04.10– yarimoʼtkazgichlar va dielektriklar fizikasi ixtisosligining fizika-matematika fanlari boʼyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2010 yili 01.04.10– yarimoʼtkazgichlar va dielektriklar fizikasi ixtisosligiboʼyicha dotsent ilmiy unvonini olgan. Q.B. Umarov pedagogik faoliyati davomida yakkamualliflikda 1 ta, hammualliflikda 1 ta oʼquv qoʼllanma, 85 tadan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi hisoblanadi. Q.B.Umarov Oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimidagi faoliyati davomida “Oʼzbekiston Respublikasi Oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi aʼlochisi” koʼkrak nishoni va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy saylov komissiyasining “Tashakkurnoma”lari hamda Oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktorining, Namangan shahar xokimining, Oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi xududiy boshqarma boshligʼining va boshqa tashkilotlar rahbarlarining “Faxriy yorliq” va “Tashakkurnoma” lari bilan taqdirlangan.



 



 

Murodov Muzaffar Xabibullayevich

 E-mail: m_murodov@mail.ru

1999-yilda Namangan Davlat Universiteti “Fizik” mutahassisligini tamomlagan.Institutda 2012 yildan faoliyat olib bormoqda. 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 3 ta monografiya va uslubiy ko`rsatmalar muallifi.

 
 
 


 



 

Dadamirzayev G`ulomqodir 

 E-mail: dadamirzayev_1945@umail.uz

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.1969 yilda Moskva Davlat Universisteti “Fizik” mutahassisligini tamomlagan.1947 yildan institutda o`z faoliyatini boshlagan. 1978-1980 yillarda ilmiy ishlar bo`yicha prorektor, 1980-1991 yillarda tayyorlov bo`limi mudiri, 1991-1995 yillarda Fizika kafedrasi mudiri, 1995-2005 yillarda o`quv ishlari bo`yicha prorektor, 2005-2007 maxsus sirtqi bo`lim boshlig`I, 2007-2011 yillarda ichki nazorat va monitoring bo`limi boshlig`i lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan. 2011 yildan Energetika kafedrasida dosent lavozimida ishlamoqda.150 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalar, 30 dan ortiq uslubiy risolalar muallifi. 10 dan ortiq ilmiy maqolalari chet ellarning nufuzli jurnallarida chop etilgan.

 



 

Nabiyev Shavkat Inamdjanovich

 E-mail: nabiyev.2001@mail.ru

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.1971-yilda Toshkent Davlat Instituti “Yarimotkazgichlar va dielektriklar fizikasi” mutahassisligini tamomlagan. 1975 dan 1978 Rassiya fanlar akademiyasining Fizika texnika ilmiy tekshirish institutda aspirant Institutda 1979 yildan faoliyat olib bormoqda. 180 dan ortiq ilmiy va metodik ishlar muallifi. O`z xizmatlari uchun “Shuxrat” medali bilan mukofotlangan.



 



 

Otamirzayev Olimjon Usubovich 

 E-mail: olimjon_1963@inbox.uz

1986 yilda Toshkent Politexnika instituti “Avtomatika va telemehanika” mutahassisligini tamomlagan.Institutda 2000 yildan faoliyat boshlagan.2013-2014 yillarda o`quv-uslubiy bo`lim boshlig`I lavozimida faoliyat yuritgan. Xozirda Energetika kafedrasida katta o`qituvchi hamda Energetika va sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekanatida dekan muvini lavozimlarida faoliyat yuritadi. 50 dan ortiq tezis, 20 dan ortiq maqola, shulardan 1 ta “SCOPUS” xalqaro ilmiy bazasiga kiruvchi jurnalda va 4 tasi yuqori IMPACT FACTOR li jurnallarda va 12 ta OAK ro’yxatiga kiruvchi jurnallarda chop etilgan. 40 dan ortiq o`quv-uslubiy ishlanmalar va 2 tа o`quv-qo`llanma muallifi.

 



 

Daminov Akmal Akbaraliyevich 

 E-mail: sun_diamond@76.mail.ru

2007 yilda Namangan Muxandislik-Pedagogika instituti Kasb ta’limi Elektr energetikasi mutaxassisligini tamomlagan.Institutda 2007 yildan faoliyat olib bormoqda.40 dan ortiq tezis v ailmiy maqolalar hamda ilmiy-uslubiy ishlar muallifi


 



 

Yusupov Odiljon Yaqibovich 

 E-mail: odiljon.1960@umail.uz

1986 yilda Toshkent Politexnika Institutituti “Sanoat korxonalarini, shaharlar va qishloq xo`jaligini elektr bilan ta’minlash” mutaxassisligini tamomlagan. Institutda 2004 yildan faoliyat olib bormoqda.2006 yildan energetika kafedrasida katta o`qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 40 dan ortiq uslubiy ko`rsatma, 46 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.



 



 

Atamirzayev Toxirjon Usmanovich 

 E-mail: t_atamirzayev@umail.uz

1985 yilda Farg`ona Politexnika Institutituti “Sanoat korxonalari, shaharlar va qishloq xo`jaligini elektr ta’minoti” mutaxassisligini tamomlagan. Institutda 2008 yildan faoliyat olib bormoqda. 25 dan ortiq uslubiy ko`rsatma, 35 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, ulardan 1tasi “SCOPUS” bazasida, 3 tasi OAK tasarrufidagi jurnallarda chopetilgan



 



 

Zokirova Dilnoza Ne’matillayevna

 E-mail: nozi.1984@inbox.uz

2007 yilda Namangan Muxandislik-Pedagogika instituti Kasb ta’limi Elektr energetikasi mutaxassisligini tamomlagan.Institutda 2007 yildan faoliyat olib bormoqda. 2020 yildan energetika kafedrasida katta o`qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 5 dan ortiq uslubiy ko`rsatma, 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.



 



 

Mamadjanov Abdushoxid Baxromjanovich

 E-mail: a.mamadjanov1985@umail.uz

2011 yilda Toshkent Davlat texnika universiteti “Energoaudit” mutaxassisligini tamomlagan.Institutda 2011 yildan faoliyat olib bormoqda. 20 dan ortiq uslubiy ko`rsatma, 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.i



 



 

To`ychiyeva Mahliyo Obidjon qizi 

 E-mail: t.mahliyo@gmail.com

2009 yilda Namangan Muxandislik-Pedagogika instituti Kasb ta’limi Elektr energetikasi mutaxassisliga qabul qilingan. Institutni 2013 yilda tamomlab shu yili ToshDTUni Energetika fakulteti Issiqlik energetika yo`nalishi magistraturasiga qabul qilingan. 2015 yildan boshlab NamMQI da faoliyat olib bormoqda. 15 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.



 



 

Sharipov Farhod Fazlitdinovich 

 E-mail: farhodnamangan@umail.uz

2012 yilda Namangan Muxandislik-Pedagogika instituti Kasb ta’limi Elektr energetikasi mutaxassisligini tamomlagan. Xozirda Energetika kafedrasida o`qituvchi hamda Energetika va sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekanatida dekan muvini lavozimlarida faoliyat yuritadi.Institutda 2012 yildan faoliyat olib bormoqda. 15 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.

  • Share :