• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

"Eng yaxshi talaba" tanlovi institut bosqichi g'oliblari aniqlandi

Tanlovda Namangan muhandislik-qurilish institutining  kunduzgi ta'lim shaklida o'qib kelayotgan nogironligi bo'lgan 6 nafar talabasi ishtirok etdi.

Tanlov ishtirokchilarining qobiliyati, fanlarni o'zlashtirish darajasi, yetakchilik qobiliyati, erishgan yutuqlari, darslardagi faol ishtiroki, talabalarga o'rnak bo'ladigan jihatlari va jamoat ishlaridagi faoliyatiga alohida e'tibor qaratildi.

Tanlovning institut bosqichi g'oliblari:

1-o'rin  Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 9-ATT-21- guruh talabasi Abdulxayev Kamolxon;

2-o'rin Energetika va mehnat muhofazasi fakulteti 11-MT-19-guruh Madaminov Tursunpo'lat;

3-o'rin Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 55-IQT-21- guruh talabasi Dovlatova Shohsanam qo'lga kiritdi.

🗓Tanlov g'oliblari:

1-o'rin 3 000 000 so'm
2-o'rin 2 400 000 so'm 
3-o'rin 1 800 000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

  • Share :