• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Fuqaro muhofazasi instituti mutasaddilari NamMQI professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Bobomurod Qurbonov hamda innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi O‘tkir Nazarov Namangan muhandislik-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi. 

Muloqot davomida Fuqaro muhofazasi institutida seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy-innovatsion faoliyat, ikki institut tomonidan hamkorlikda amalga oshirilgan «Aholining barcha qatlamini zilzilaga tayyorlashga mo‘ljallangan masofaviy kursni tashkil etish uchun milliy elektron ta'lim platformasini yaratish» amaliy loyihasi doirasida olingan natijalar muhokama qilindi. 

Mazkur yo‘nalishda mamlakatda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan savollarga batafsil javoblar berildi. 

 

NamMQI media markazi

  • Share :