• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

FVV mas'ullari ishtirokida ijara xonadonlardagi holatlar o‘rganildi

Namangan muhandislik-qurilish institutida kuz-qish mavsumida talabalar turar joylarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, chaqnash, is gazidan zaharlanish va boshqa favqulodda vaziyatlar oldini olish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili Behzodxoja Alimov, boshqarma mas'ul xodimlari tomonidan talaba-yoshlar va professor o‘qituvchilarga kerakli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, institut mutasaddilari va FVV mas'ullari ishtirokida talabalar turar joylari o‘rganildi. O‘rganish davomida asosan xonalarning isitilishi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga alohida etibor qaratildi. Jarayonda aniqlangan kamchiliklarning ayrimlari joyida bartaraf etishga erishildi, qolganlari yuzasidan xonadon egalariga bartaraf etish bo‘yicha  qo‘shimcha tavsiyalar berildi. 

Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

  • Share :