HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI KAFEDRASI
Kafedra haqida
Ekologiya va mehnat muhofazasi kafedrasi 1991 yilda tashkil etilgan bo`lib, u 1997 yildan «Ekologiya va kimyo» nomi bilan atala boshlandi. Institut ilmiy kengashining 1998 yil 18-dekabrdagi 77-sonli qaroriga asosan «Ekologiya va kimyo» kafedrasi «Atrof-muhitni himoya qilish» kafedrasiga aylantirilgan. Kafedrada 1997 yilga qadar Respublikamiz halq xo`jaligi uchun 80 nafardan ziyod muhandis-ekolog-texnolog kadrlar tayyorlangan. O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus tahlim vazirligi va O`zbekiston Respublikasi mehnat vazirligining 1 mart 2000 yildagi 62- va 407/04-2-sonli «Viloyatlar va Toshkent shahar oliy tahlim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish kursi bo`yicha talabalarni o`qitish holati va uni yaxshilash chora-tadbirlari haqida»gi buyrug`ini bajarish maqsadida hamda institut ilmiy kengashining 2000 yil 3-apreldagi 90-sonli buyrug`iga binoan «Atrof-muhitni himoya qilish» kafedrasining nomi «Ekologiya va mehnat muhofazasi» kafedrasiga o`zgartirildi. Kafedrada 1999-2003 yillarda 5A850102 – «Atrof-muhitni himoya qilish va tabiiy manbaalardan oqilona foydalanish» mutaxassisligi bo`yicha 12 nafar magistrlar tayyorlangan. 2006/2007 o`quv yilidan boshlab “Ekologiya va mehnat muhofazasi” kafedrasi tasarrufida 5850100-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar bo`yicha) tahlim yo`nalishi qayta ochilib, hozirgacha 100 ga yaqin bakalavrlar tayyorlandi. Kafedra faoliyati davomida prof.K.X.Roziqov, dotsentlar P.Sultonov, N.Baxriddinov, A.Alinazarovlar tomonidan boshqarilgan, 2013 yil 2 sentyabridan boshlab dotsent A.Hamdamov boshqarib kelmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada 3 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 3 nafar katta o`qituvchi, 3 nafar assistent va o`quv-yordamchi xodimlar faoliyat ko`rsatmoqda. Kafedra jamoasi institutning deyarli barcha tahlim yo`nalishlaridagi talabalarga «Ekologiya», «Hayot faoliyati xavfsizligi», «Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» va «Iqtosodiy geografiya va ekologiya» fanlaridan dars beradilar.
O`quv-uslubiy faoliyat
Kafedrada yuqorida ko`rsatilgan fanlar bo`yicha o`zbek tilida, lotin alifbosida o`quv va uslubiy qo`llanmalari chop еtilgan va ularni takomillashtirish hamda darsliklar yaratish bo`yicha ishlar olib borilmoqda.
2004 va 2007 yillarda kafedra dotsentlari P.S.Sultonov va B.P. Axmedovlar tomonidan bakalavriat tahlim yo`nalishlari uchun “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari” nomli darslik chop ettirilgan. U Respublika “Istehdod” jamg`armasining yilning eng yaxshi o`quv qo`llanmasi va darsligi nominatsiyalari bo`yicha III darajali diplom bilan taqdirlangan.
Ilmiy-tadqiqot ishlari
Kafedrada quyidagi yo’nalishlardagi mablag’ bilan ta'minlangan 1 ta Davlat granti va 1 ta innovatsion loyihasi bo'yicha ITI bajarilmoqda:
1) ITD-12-15. "Qo’shaloq superfosfat turidagi o’g’itlar olishda quyi navlardagi mahalliy fosforitlar va mikroelementli sanoat chiqindilaridan foydalanish";
2) IOT-2014-7-9. "Angren kaolini asosida alyuminiy sulfat olish texnologiyasini joriy etish".
Davlat grantlarida faol ishtirok etmoqdalar. Bajarilgan ilmiy ishlarning natijalariga doir maqolalar chet ellarda, respublika va mahalliy ilmiy nashrlarda chop ettirilgan va 2 ta ixtiro uchun patent olingan.

har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00.
Telefon: 69 234-08-71
E-mail: fcb_m_2011@mail.ru
Ma'lumotnoma: Yuklab olish
Kafedra tarkibi:
Baxriddinov Nuriddin Sadriddinovich
Texnika fanlari nomzodi, dotsent. 1991-2000 yillar mobaynida Texnologiya fakultetida tarbiyaviy ishlar bo’yicha dekan muovuni lavozimida ishlagan. 2001 yil 31 yanvardan ushbu kafedra dotsenti. 70 dan ortiq maqola, ilmiy-uslubiy ko’rsatma va tezislar, 2 ta patent muallifi.
Mamadaliyev SHuxratjon Mashrabboyevich
Katta o’qituvchi. 2001 yildan buyon shu institutda ishlaydi. 2009-2010 yillarda kadrlar bo’limi boshlig’i bo’lib ishlagan. Hozirda Ekologiya va mehnat muhofazasi kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.15 dan ortiq tezis, 20 dan ortiq uslubiy ko’rsatmalar chop etilgan.
Raxmonov Sharifjon Valijanovich
Katta o`qituvchi. 2003-2018 yillarda o`qituvchi 2018 yildan shu kafedra katta o`qituvchi. 15 dan ortiq uslubiy ko`rsatma 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.
Igamberdiyeva Dilfuza Alimovna
Assistent. 2011 yildan Ekologiya va mehnat muhofazasi kafedrasida ishlab kelmoqda. 5 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.
Alisher Pulatov Saidjamolovich
Texnika fanlari nomzodi, dotsent. Institutda fakultet dekani, kafedra mudiri, dotsent lavozimida ishlagan. 2020 yildan ushbu kafedra dotsenti, 50 dan ortiq maqola, ilmiy-uslubiy ko`rsatma va monografiya muallifi.
Atamirzayeva Soxiba Turg’unovna
Texnika fanlari nomzodi, dotsent. Institutda fakultet dekani, kafedra mudiri, dotsent lavozimida ishlagan. 2020 yildan ushbu kafedra dotsenti, 50 dan ortiq maqola, ilmiy-uslubiy ko`rsatma va monografiya muallifi.
Yuldoshev Shaxboz Hoshimovich
O`qituvchi. 2020 yildan Hayotiy faoliyat xavfsizligi kafedrasida ishlab kelmoqda. 5 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.