• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori Muhammadjon Dadamirzayev doktorantlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Prorektor dastlab 3-kurs doktorantlar bilan tadqiqot ishlari natijalari va ularning holati bo‘yicha gaplashdi. Ularga tadqiqot ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlashi bo‘yicha institut tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi alohida ta'kidlab o‘tildi.

Ma'lumot o‘rnida, hozirda 3-kursda 11 nafar doktorant va mustaqil izlanuvchilar tahsil olayotgan bo‘lsa, ulardan 5 nafari muddatidan avval dissertasiya ishlarini himoya qildi.  

Shundan so‘ng 1-kurs doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning  individual ish rejalarining bajarilishi, xorijiy til sertifikatlarini olishlari bo‘yicha hisobotlari tinglandi. Xorijiy tilni bilish sertifikatini olishni yanada jaddalashtirish va  individual ish rejalari vaqtida bajarilishiga alohida urg‘u berish zarurligi ta'kidlandi.

NamMQI media markazi

  • Share :