• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Ilmiy kengashda institut faoliyatiga oid ko‘plab dolzarb masalalar ko‘rib chiqilmoqda

Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida oliy o‘quv yurtiga faoliyatiga oid ko‘plab dolzarb masalalar ko‘rib chiqilmoqda. Jumladan, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari bajarilishi, “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosi, magistrlik dissertatsiyalari, bitiruv malakaviy va diplom loyiha ishlari mavzularini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilinmoqda.  Ilmiy kengash ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilmoqda.

NamMQI media markazi

  • Share :