• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

ILMIY VA ILMIY PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH

Bo’lim haqida

Inamidinova Dilarom Kiramiddinovna - Muhandis Qurbonova Iroda Ramonovna - kotiba Institutda ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini olib borish va rivojlantirish uchun 1993-yilda "Ilmiy bo’lim" tashkil qilingan. 2008-yildan boshlab bo’limni "Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi" deb ataladi. Bo’limning asosiy maqsadi - Byudjet va xo’jalik shartnomasi asosida faoliyat olib boradigan mavzularni shakllantirish va rejalashtirish; - Ilmiy loyihalar tanloviga ishtirok etishni tashkil qilish, ularni yaratish bo’yicha taklif va mulohazalarni to’plash; - Institut ilmiy ishlar rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish; - Ilmiy-tadqiqot ishlarining yakuni sifatida ilmiy ishlanmalarni amaliyotga qo’llash rejasini ishlab chiqish; - Institut bo’yicha ilmiy seminarlarning o’quv yili uchun rejasini tuzish va uning bajarilishi ustidan nazorat qilish; - Ilmiy ishlar tizimi uchun zarur me’yoriy hamda uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish; - Ilmiy ishlanmalarni institutda qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqish; - Byudjet va xo’jalik shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan mavzularning hujjatlarini yurgizish bo’yicha ko’rsatmalar berish; - Institutning ilmiy faoliyati bo’yicha yillik hisobotni tayyorlash va uni ilmiy kengashga taqdim etish; - Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarining ko’rsatgichlari bo’yicha statistik tahlil o’tkazish; - Mablag’ bilan taminlanadigan mavzularning bajarilishi bo’yicha hisobotlarni yuqori tashkilotlarga taqdim etilishini nazorat qilish. Asosiy vazifalari: · yangi bilimlar yaratish va yuksak texnologiyalarni o’zlashti¬rishga zamin sifatida fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlan¬tirish, fan va texnikaning eng muhim yo’nalishlarida ilmiy maktablarni hamda yetakchi ilmiy jamoalarni shakllantirish va rivojlantirish; · ilmiy-texnik taraqqiyotning eng so’nggi yutuqlari asosida yuqori malakali mutaxassislar va oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni ta’minlash; · iqtidorli yoshlar, talabalarning ilmiy-ijodiy izlanishlarni tizimli asosda tashkillashtirish, har tomonlama qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish; · mavjud ilmiy salohiyatdan ishlab chiqarishni tubdan yangilash va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar yo’lida samarali foydalanish; · muhim ilmiy-texnik muammolarni hal qilish, yuksak texnolo¬giya¬lar yaratish va institut ishlanmalarini ishlab chiqarishga tadbiq qilish ko’lamini kengaytirish maqsadida ilmiy-tadqiqot, loyihalash-konstruk¬tor¬lik, texnologik muassasalar va sanoat korxonalari bilan ilmiy-texnik hamkorlikning yangi, ilg’or shakllarini rivojlantirish; · professor-o’qituvchilar tomonidan ishlab chiqarish korxona¬lariga tadbiq qilingan yangi texnologiyalarning to’liq o’zlashtirilishini ta’minlash hamda ilmiy-texnik taraqqiyotning eng so’nggi yutuqlarini ta’lim va ishlab chiqarishga tezkor ravishda joriy etib borilishiga zamin yaratish maqsadida (xususan, qisqa muddatli o’quv kurslarini tashkil qilish orqali) ilmiy-pedagog kadrlar va korxonalarning muhan¬dis-texnik xodimlari malakasini oshirishni yo’lga qo’yish; · yuksak texnologiyalar bozoriga yo’naltirilgan ilmiy hajmdor ilmiy-texnik mahsulotlar hamda yangi texnika va materiallarning raqobatbardosh namunalarini yaratish maqsadida innovatsion faoliyatni rivojlantirish; · muassasa ilm-fanini mustahkamlash va rivojlantirish, ilmiy jamoalarni yuksak texnologiyalar bilan jahon bozoriga chiqishini ta’minlash maqsadida intellektual mulkni hamda tadqiqotchi¬larning mualliflik huquqlarini himoyalash shart-sharoitlarini yaratish; · jahon ilm-fan va ta’lim tizimiga uyg’unlashgan holda chet ellik hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-texnik mahsulotlar ishlab chiqishga erishish maqsadida xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy markazlari va firmalari bilan xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish; · byudjetdan tashqari mablag’lar va innovatsion faoliyatdan foydalangan holda tadqiqotlar va ishlanmalarning moliyaviy asosini rivojlantirib borishdan iboratdir. Institutda ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini olib borish va rivojlantirish uchun 1993-yilda "Ilmiy bo’lim" tashkil qilingan. 2008-yildan boshlab bo’limni "Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi" deb ataladi. Bo’lim institut professor-o’qituvchilari hamda talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlarini yo’lga qo’yish va ularni chop ettirish, turli dasturlar doirasidagi tanlovlarda ilmiy va ilmiy-texnik loyihalar bilan ishtirok etishni tashkil qilish, davlat granti va xo’jalik shartnomasi asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish; ilmiy-tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish, kafedra va ilmiy laboratoriyalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarini tashkil qilish va o’tkazish, xalqaro aloqalar o’rnatish va rivojlantirish, iqtidorli talabalarning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor Davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etishlarini tashkillashtirish va ta`minlash kabi masalalar bilan shug’ullanadi. Shuningdek, iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar va professor-o’qituvchilarning turli jamg'arma va fondlar tanlovlarida ishtirok etishlarini tashkil qiladi, ularning chet el oliy o’quv yurtlari hamda ilmiy markazlarida o’qish, ilmiy hamkorlik, tajriba almashish va malaka oshirishlari masalalari bo’yicha amaliy ishlarni yo’lga qo’yadi. Ilmiy va ilmiy - pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limida doktorantura va tayanch doktorantura orqali yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydi. Institutda 288 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatamoqda, shundan fan doktori professorlar soni 15 (5,2%) nafar, fan nomzodlari 88 (30,5%) nafari Ilmiy salohiyat-35.8% ni tashkil qiladi. 2018 yilda doktorlik dissertatsiya himoya qilganlar 1Rustamov Raxmatali Muradovich196305.07.02-Qishloq xo’jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlashDSc fan doktori 2Turdaliev Voxidjon Maxsudovich198105.07.01-Qishloq xo’jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo’jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashDSc fan doktori 3Isomiddinov Anvarjon Inomjonovich198105.01.07-Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dastular majmuiPhD falsafa doktori 4Mamadjanov Zokirjon Nematjanovich197902.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasiPhD falsafa doktori 5Abduvaxobov Dilshod198405.02.18–Mashina va mexanizmlar nazariyasiPhD falsafa doktori Institutda 01.02.04-Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi ixtisosligi bo’yicha Boytemirov Muxammadbobur Boyjo’ra o’g’li, 05.09.01- Qurilish konstruktsiyalari, bino va inshootlar ixtisosligi bo’yicha Abduraxmanov Adxamjon Sultonovich, 02.00.13-Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo’yicha Mamurov Baxodir Arifjanovichlar tayanch doktoranturada tahsil olmoqda. 2018-yilda 2 nafar talaba O’zbekiston Respublikasi Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo’ldi (4-kurs, 20-EE-15 Saloydinov Sardorjon Qodirjon o’g’li, , 4 kurs, 40-ҚXAL-15 Otaxanova Shoxista Shuxratjon qizi), 1 nafar talaba O’zbekiston Respublikasi Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo’ldi (Muxammadjonov Bobirmirzo Botirjon o’g’li). Respublika talabalar fan olimpiadasida 3-nafar talabalar sovrinli o’rinlarni egalladilar, jumladan: #№Talabaning F.I.Sh.Egallagan o’rniRahbarining F.I.SH., lavozimiFanning nomi 1. 1Maxmudov Farxod Sodiqjon o’g’li1Xolboev Zokirjon XodievichQurilish materiallari va konstruktsiyalari 2. 2Adashova Sarvinoz Rasuljon qizi2Boltaeva Muxayyo LutfullaevnaKasbiy ta’lim 3. 3O’lmasov Sarvarjon Anvarjon o’g’li3Qosimov A’zamjon AdxamjonovichMashina va mexanizmlar nazariyasi 2018 yilda institut professor-o’qituvchilari tomonidan jami 7 ta jumladan, 2 ta fundamental, 4 ta amaliy hamda 1 ta innovatsion loyihalar bajarilmoqda. Loyihalarning umumiy summasi – 440.562 mln. so’mni tashkil etadi. 2018-yilda institutimiz olimlari tomonidan 2017-2020-yillarga mo’ljallangan 2 ta yirik fundamental (ilmiy rahbarlari: prof. G.G’ulomov va t.f.d. M.Dadamirzayev), 1 ta amaliy 2017-2018-yillarga mo’ljallangan (dots. S.Boydadaev), 2 ta amaliy 2018-2020-yillarga mo’ljallangan (ilmiy rahbarlari: prof.N.G.Boyboboev, dots.S.I.Umarxonov), 1 ta innovatsion (dots. R.Axmedov) davlat grant dasturi doirasidagi loyihalar qo’lga kiritildi. 2018-yilda Davlat grant dasturi doirasidagi loyihalarning hajmi 440.562 mln. so’m, xo’jalik shartnomalari asosidagisi esa 31 840 mln. so’mni tashkil etdi. 2018-yilda 4 ta patent, 2 ta dasturiy guvohnomalar olindi, 100 ta maqola chet el jurnallarida, 50 ta maqola halqaro konferentsiyalarda, 30 ta ilmiy maqola respublika jurnallarida va 250 dan ortiq tezislar konferentsiyalar to’plamlarida chop etildi.

 

Irisqulov Farhod Sultonboyevich

 Telefon: 93 400-44-24    

 E-mail: farhodis@rambler.ru

 Ma'lumotnoma: Yuklab olish

  • Share :