• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institut birinchi prorektori talabalarga dars o‘tdi

Namangan muhandislik-qurilish instituti yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Odiljon Jakbarov Sanoatni axborotlashtirish fakuteti 1-kurs talabalariga dars o‘tdi.

Dars dolzab mavzu — talaba-yoshlarda yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirishga bag‘ishlandi. Axborot makonida, xususan, ijtimoiy tarmoqlarda tekshirilmagan va xolis bo‘lmagan, ba'zi holatlarda esa buzg‘unchi g‘oyalar bilan sug‘orilgan materiallar chop etilmoqda. Bu esa yoshlardan axborot oqimida adashib qolmaslik uchun hushyor va ogoh bo‘lish zarurligini talab etadi.

Prorektor o‘z ma'ruzasi davomida mafkuraviy immunitetni shakllantirish usullari, bu borada tayanish tavsiya etiladigan manbalarga to‘xtalib o‘tdi. Talabalarning mavzu yuzasidan ko‘plab savollariga javob berdi.

  • Share :