• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institut talabalari Namangan shahridagi Monomarkaz faoliyati bilan tanishdi

Institut talabalari  Namangan shahridagi Monomarkaz faoliyati bilan tanishdi

Institut psixologi Murodjon Nurqulov tashabbusi bilan Transport fakulteti talabalaridan bir guruhi Namangan shahridagi Monomarkazda boʻlib, ushbu muassasa faoliyati bilan tanishdi.

Monomarkaz mutasaddilari talabalar uchun ekskursiya uyushtirdi va bu yerda oʻrgatilayotgan xorijiy tillar va kasb-hunarlar haqida batafsil hikoya qildi.

Jumladan, oʻqish va ishdan ajralmagan holatda tikuvchi, oshpaz, enaga, kosmetolog, sartarosh, elektrik, santexnik, zargar kabi oʻnlab kasblarni egallash mumkinligi, ularning har biri bugungi kunda doimiy daromad keltiradigan va xorijda ham asqotishi mumkin boʻlgan hunarlar qatoriga kirishi haqida toʻliq tushunchalar berildi.

  • Share :