• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institutda anʼanaviy “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi

Bugun institut axborot texnologiyalari markazida ushbu haftalikning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirni institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov boshlab berdi va barcha ishtirokchilarni ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bilan qutladi.

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi raisi, taniqli shoir Ziyovuddin Mansurov institut jamoasiga oʻz ehtiromini bildirib, bu yerda oʻtadigan tadbirlar gumanitar yoʻnalishdagi oliy oʻquv yurtlaridan qolishmasligini taʼkidladi. Axborot-resurs markaziga oʻzi bilan olib kelgan yangi kitoblarni taqdim etdi.

Shundan soʻng mehmonlar ARM tomonidan tayyorlangan kitob koʻrgazmalari bilan tanishdi. Kitobxonlikka bagʻishlangan seminarni ochib berdi.

NamMQI media markazi

  • Share :