• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institutda doktorantlar faoliyati bo‘yicha suhbat tashkil etildi

Institutda doktorantlar faoliyati bo‘yicha suhbat tashkil etildi

Suhbatda institut rektori Sharifjon Ergashev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Muhammadjon Dadamirzayev, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Dilshod Abduvahobov, tegishli  kafedra mudirlari, doktorantlar va ularning ilmiy rahbarlari ishtirok etdi.

Muloqot davomida doktorantlarning yakka tartibdagi rejasi bo‘yicha faoliyat samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishi rejadan ortda qolayotgan 3-kurs doktorantlarning tadqiqot ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida ilmiy rahbarlari va mas’ul kafedra mudirlari ishtirokida maqsadli reja-ko‘rsatkichlar belgilab olindi.

Suhbat yakunida 3-kurs doktorantlar har oyda ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan muntazam ravishda  seminar tashkil etishlari va professor-o'qituvchilar,  soha mutaxassislari bilan atroflicha muhokama qilib borishi zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

  • Share :