• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institutda “InnoWeek-2023” innovasion g‘oyalar haftaligining yopilish marosimi o‘tkazildi

Transport fakulteti majlislar zalida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etgan institut rektori Sharifjon Ergashevning qayd etishicha, haftalik doirasida institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va iqtidorli talabalar tomonidan 100 ortiq ishlanma, texnologiya, texnikalar va ilmiy-uslubiy nashrlar namoyish etildi. 

Haftalikda jami 5 mingdan ortiq ishtirokchi, 7 ta mamlakat (Pokiston, AQSh, Rossiya, Belarus, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston) hamda xalqaro tashkilotlardan mehmonlar bevosita va onlayn ishtirok etdi. Hamkorlik memorandumi va 10 yaqin hamkorlik va xo‘jalik shartnomalari imzolandi.

Marosim davomida innovasion g‘oyalar haftaligida faol ishtirok etgan kafedralar mutasaddilari va iqtidorli talabalar tashakkurnomalar hamda institutning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

NamMQI media markazi

  • Share :