• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institutda o‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi

Namangan muhandislik-qurilish institutida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21 oktyabr' – o‘zbek tili bayrami kunini keng nishonlash maqsadida talabalar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi. 

O‘tkazilgan o‘yinda jami 9 ta jamoa ishtirok etdi. Unda asosiy shartlar o‘zbek tili va uning xususiyatlari haqida bo‘ldi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblik «Naruto» jamoasiga, 2-o‘rin «NamMQI liderlari» jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni esa «Yo‘l muhandislari» jamoasi yakunlab berdi.

G‘olib jamoalar institut rektorining darajali diplomlari va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

  • Share :