• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institutda “Yoshlar — jinoyatga qarshimiz” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi

Viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va kiberxavfsizlik boʻlimi xodimlari tomonidan institut talabalar turar-joyida  “Yoshlar—jinoyatga qarshimiz” mavzusida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda talaba-yoshlar, professor-oʻqituvchilar ishtirok etib, ularga ekstremizm, radikalizm, odam savdosi, bugungi kunda sodir etilish salmogʻi yuqori boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalari, transport vositasini olib qochish, firibgarlik, jinsiy erkinlikka qarshi qaratilgan jinoyatlar, kibermakonda sodir etilayotgan oʻgʻirlik, firibgarlik va boshqa turdagi jinoyatlar yuzasidan maʼruzachilar tomonidan batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida qatnashchilarga jinoyatlarni barvaqt oldini olish va huquqiy madaniyat hamda bilimni oshirishga qaratilgan slayd namoyish etildi.

NamMQI media markazi

  • Share :