• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Institutni raqamlashtiruvchi xizmatlar” tanlovi yakunlandi

Institut talabalari oʻrtasida axborot tizimlari va texnologiyalari sohasini yanada ommalashtirish, isteʼdodli, tashabbuskor va oʻz kasbining ustasi boʻlgan iqtidorli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda talabalar boʻsh vaqtlarini unumli oʻtkazish maqsadida oʻtkazilgan “Institutni raqamlashtiruvchi xizmatlar” nomli tanlov yakunlari boʻyicha dasturiy mahsulotlar taqdimoti iqtidorli talabalar tomonidan namoyish etildi.

Institut rektori boshchiligidagi hayʼat aʼzolari ishning texnik talablar, mezonlarga mosligini koʻrib chiqdi va nomzodlar orasidan tanlov gʻoliblari aniqlandi.

Rektor talabalarga ulardagi innovatsion faoliyat doimo qoʻllab-quvvatlanishi, har bir ishtirokchi mehnatiga mos ravishda ragʻbatlantirilib borishini taʼkidlab oʻtdi.

  • Share :