• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institutning barcha talabalari diqqatiga!

Institutning barcha talabalari diqqatiga! Namangan yoshlari uchun "Hack4Region Namangan" xakaton tanlovi boʻlib oʻtishini eʼlon qilamiz!

Hack4Region Namangan — dasturchilar biror startap loyiha ustida ishlashi ko'zda tutilgan tadbir - loyihalar tanlovi.  Tanlovda 14 yoshdan katta bo‘lgan tashabbuskor yoshlar, yosh dasturchilar, ixtirochilar, oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Startap loyiha yo'nalishlari:

• Ta'lim

• Sog'liqni saqlash

• Turizm

Tashkilotchilar: Namangan viloyat hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish hududiy boshqarmasi, IT Park, Yoshlar agentligi Namangan viloyat boshqarmasi.

Tanlov g'oliblari tashkilotchilarning maxsus sovg'alari bilan taqdirlanishadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar qabuli davom etmoqda.

Manzil: yangi O'zbekiston Ziyo Maskani, Davlatobod tumani.

Ariza topshirish

  • Share :