• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

IQTISODIYOT KAFEDRASI

Kafedra haqida 

Kafedra 2011-yil sentyabr оyida tashkil qilingan. Kafedra dastlab 1 ta fan doktori (B.Maxmudov), 4 ta fan nomzodi (I.Sirojiddinov, A.Yuldashev, M.Yunusov, R.Botirova) va 5 ta assistentlar (T.Ubaydullayev, U.Xolmirzayev, E.Jo’rayev, I.Xojibayeva, A.Zayliyev) bilan ish faoliyatini boshlagan. Kafedraga 2018 yilgacha iqtisod fanlar doktori B.Mahmudov rahbarlik qilgan. Jamoani 2018-2019 yillarda iqtisod fanlari nomzodi I.Soliyev boshqargan, 2020 yildan boshlab DSc. Professor Aripov Oybek Abdullayevich kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar fan doktori, 2 professor, 4 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 3 nafar katta o`qituvchi, 3 nafar o`qituvchi va 1 nafar stajor o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda.   

Kafedra professor-o'qituvchilari:   

Aripov Oybek Abdullayevich – iqtisod fanlar doktori, professor    

Sirojiddinov Ikromiddin Qutbiddinovich – professor, iqtisod fanlari nomzodi   

Yuldashev Asqarali Yakubovich - dotsent, iqtisod fanlari nomzodi   

Botirova Raximaxon Abdujabborovna - dotsent, iqtisod fanlari nomzodi   

Talaboyev Xolmamat - dotsent, iqtisod fanlari nomzodi   

Isakov Musoxon Yusupdjanovich - dotsent, iqtisod fanlari nomzodi   

Kamolov Abduraxmon Axmadjonovich – katta o’qituvchi   

Umurzakov Dilshodbek Xakimovich – kata o’qituvchi   

Hojiboyeva Iqbola Valijonovna - o`qituvchi   

Ubaydullayev Tohirjon Abdullayevich - o`qituvchi   

Xolmirzayev Ulug`bek Abdulazizovich - o`qituvchi   

Jurayev Elyorbek Sobirjon o`g`li - o`qituvchi   

Ibrogimov Sherzodbek Xalimjon o’g’li – stajor o’qituvchi   

    Kafedra o’qituvchilari  talabalarga “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Buhgalteriya hisobi”, “Marketing”, “Kichik biznes va tadbirkorlik”, “Korxona iqtisodiyoti”, “Biznesni rejalashtirish”, “Soliq va soliqqa tortish” va “Moliya” fanlaridan bilim berib kelmoqda.   

     Kafedra tasarrufidagi 109 va 111- xonalar ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar uchun, 101-xona amaliy mashg’ulotlar o’tkazishga mo’ljallangan bo’lib, darslarni ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o’tish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.    

Kafedradan yetishib chiqqan yuqori malakali kadrlardan turli yillarda rahbarlik lavozimlarida ishlaganlar   

    Rektorlar:   

1. Isakov  M.Y.- 2022- v.x.k (YoDJu Namangan viloyati filiali rektori)   
 

   Dekanlar:   

  1. Maxmudov B.J. -  2008-2012 yillar; 

   Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiyot tarmoqlari uchun zamonaviy bilim va kasbiy malakaga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda ishtirok etadi.   

   “Iqtisodiyot” kafedrasi quyidagi bakalavriat va magistratura (kunduzgi, sirtqi, ikkinchi ta`lim sirtqi) yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislik kafedrasi hisoblanadi:    

                        Bakalavriat:   

60310100 – «Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)»   

60410100 – «Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)»   

                        Magistratura:   

70310102 – «Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)»   

70410101 – «Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)»   

Bundan tashqari “Iqtisodiyot” kafedrasi qoshida 08.00.02 – “Makroiqtisodiyot” ixtisosligi bo’yicha tayanch doktorantura ham mavjud. Ushbu ixtisoslik bo’yicha doktorantura yo’nalishida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishga yetarlicha ilmiy salohiyat va moddiy-texnik ta`minot mavjuddir. Hozirgi kunda 4 nafar tayanch doktorant, 1 nafar stajyor tadqiqotchi ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.   

 

 Aripov Oybek Abdullaevich

Qabul kuni: har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00.

 Telefon: 97 255-66-22

 E-mail: oybekaripov@gmail.com

Ma'lumotnoma: Yuklab olish

 

Kafedra tarkibi: 

 

Aripov Oybek Abdullayevich

 E-mail: oybekaripov@gmail.com

1987-1992 yillarda Namangan sanoat-texnologiya instituti talabasi, 1993-1995 yillarda Namangan sanoat-texnologiya instituti iqtisodiyotni boshqarish va xo’jalik mexanizmi kafedrasi stajyor-tadqiqotchisi, 1995-1997 yillardaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti kunduzgi bo’lim aspirant, 1997-2000 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti qoshidagi tadbirkorlik va biznes maktabi katta o’qituvchisi, 2000-2008 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti menejment kafedrasi katta o’qituvchisi, 2008-2008 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti iqtisodiyot kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi, 2008-2008 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti menejment kafedrasi mudiri, 2008-2013 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti menejment kafedrasi dotsenti, 2013-2015 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti menejment kafedrasi mudiri, 2015-2016 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti menejment kafedrasi dotsenti, 2017-2019 yillarda Namangan davlat universiteti 08.00.13-Menejment ixtisosligi bo’yicha DSc.doktoranti, 2020 yildan xozirgi vaqtga qadar Namangan muhandislik-qurilish instituti iqtisodiyot kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 200 ga yaqin ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.

 


Sirojiddinov Ikromiddin Qutbiddinovich

 E-mail: ikromiddinsirojiddinov@gmail.com

1966-1970 yillarda Toshkent xalq xo’jaligi instituti talabasi, 1970-1973 yillarda O’rta Osiyo qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi, 1973-1976 yillarda O’rta Osiyo qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti aspirant, 1976-1994 yillarda Namangan davlat pedagogika instituti kafedra mudiri, 1994-1996 yillarda Savdogarbank Namangan viloyat bo’limi kredit bo’limi boshlig’I, 1996-2007 yillarda Namangan sanoat-texnologiya (1998 yildan muhandislik-pedagogika) instituti moliya kafedrasi dotsenti, 2007-2011 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi dotsenti, 2011-2017 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi dotsenti, 2017 yildan Namangan muhandislik-qurilish instituti iqtisodiyot kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. 100 ga yaqin ilmiy va uslubiy ishlar muallifi. Buxgalteriya xisobi bo’yicha xalqaro CAP sertifikatiga ega.

 


Yuldashev Asqarali Yakubovich

 E-mail: yuldashevasqarali@bk.ru

1967-1970 yillarda Chust tumani Frunze jamoa xo’jaligi ishchisi, 1970-1971 yillarda Toshkent xalq xo’jaligi instituti tayyorlov bo’limi tinglovchisi, 1973-1977 yillarda Toshkent xalq xo’jaligi instituti talabasi, 1977-1980 yillarda Andijon viloyati Asaka savdo texnikumi o’qituvchisi, 1980-1980 yillarda Namangan to’qimachilik texnikumi o’qituvchisi, 1980-1983 yillarda Toshkent xalq xo’jaligi instituti aspiranti, 1984-1988 yillarda Toshkent xalq xo’jaligi instituti moliya va kredit kafedrasi assistenti, 1988-1988 yillarda Namangan viloyati moliya boshqarmasi agrosanoat tarmog’ini moliyalashtirish bo’limi boshlig’i muovini, 1988-1991 yillarda Toshkent politexnika institutining Namangan filiali katta o’qituvchisi, dotsenti, 1991-2005 yillarda Namangan sanoat-texnologiya (1998 yildan muhandislik-pedagogika) instituti kafedra mudiri, 2005-2006 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti moliya va kredit kafedrasi dotsenti, 2006-2007 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti moliya va buxgalteriya hisobi kafedrasi dotsenti, 2007-2011 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti moliya kafedrasi mudiri, 2011-2017 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi dotsenti, 2017 yildan xozirgacha Namangan muhandislik-qurilish instituti iqtisodiyot kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. 150 ga yaqin ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.

 


Botirova Raximaxon Abdujabborovna

 E-mail: rahimabotirova@gmail.com

1974-1975 yillarda Toshkent shahri orgtexstroy trestida texnik, 1975-1980 yillarda Toshkent politexnika instituti talabasi, 1980-1982 yillarda Respublika davlat qishloq xo’jalik texnikasi qurilish tresti muhandisi, 1982-1986 yillarda Samarqand arxitektura-qurilish instituti muhandisi, 1986-1986 yillarda Norin tumani kapital qurilish bo’limi bosh muhandisi, 1986-1988 yillarda Norin tumani 136-mexanizatsiyalashgan ko’chma kolonna muhandisi, 1988-1990 yillarda Namangan viloyat suvoqava boshqarmasi kapital qurilish bo’limi muhandisi, 1990-1993 yillarda Namangan viloyat suvoqava boshqarmasi kadrlar bo’limi boshlig’I, 1993-2001 yillarda Namangan sanoat-texnologiya (1998 yildan muhandislik-pedagogika) instituti katta o’qituvchisi, 2001-2001 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti iqtisodiyot kafedrasi dotsenti, 2001-2003 yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi kafedrasi mudiri, 2003-2006 yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, 2006-2007 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti iqtisodiyot kafedrasi mudiri, 2007-2008 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti iqtisodiyot kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, 2008-2011 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi dotsenti, 2011-2017 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi dotsenti, 2017 yildan Namangan muhandislik-qurilish instituti iqtisodiyot kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. 150 ga yaqin ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.

 


Talaboyev Xolmamat

 E-mail: 

1968-1978 yillarda Toshkent qishloq xo’jaligi instituti talabasi, 1973-1973 yillarda Andijon xisob-buxgalteriya texnikumi o’qituvchisi, 1974-1980 yillarda O’rta Osiyo qishloq xo’jalik iqtisodi ilmiy-tekshirish instituti ilmiy xodimi, aspiranti, 1980-1982 yillarda O’rta Osiyo qishloq xo’jalik iqtisodi ilmiy-tekshirish instituti katta ilmiy xodimi1982-1985 yillarda Pop tuman qishloq xo’jaligi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari, 1985-1988 yillarda Pop tuman partiya qo’mitasi bo’lim mudiri, 1988-1990 yillarda Pop tumani Lenin nomli sovxoz direktori, 1990-1992 yillarda Pop tumani ijroiya qo’mitasi raisi, 1992-1998 yillarda Pop tumani xokimi, 1998-1999 yillarda Pop tuman Navro’z shirkat xo’jaligi boshqaruv raisi, 1999-2001 yillarda Pop tuman Qiziltepa shirkat xo’jaligi boshqaruv raisi, 2001-2005 yillarda Pop qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji direktori, 2005-2007 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti iqtisodiyot kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, 2007-2008 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti iqtisodiyot kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi, 2008-2011 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti iqtisodiyot kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, 2011-2018 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti, 2018-2020 yillarda Namangan muhandislik-texnologiya instituti iqtisodiyot kafedrasi dotsenti, 2020 yildan xozirgacha Namangan muhandislik-qurilish instituti iqtisodiyot kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. 50 ga yaqin ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.

 

Kamolov Abduraxmon Axmadjonovich

 E-mail: 

1975-1979 yillarda Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumani Sharq yulduzi jamoa xo’jaligi ishchisi, 1979-1983 yillarda Toshkent xalq xo’jaligi instituti talabasi, 1983-1985 yillarda To’raqo’rg’on tumani Sharq yulduzi jamoa xo’jaligi iqtisodchisi, 1987-1991 yillarda To’raqo’rg’on tumani Sharq yulduzi jamoa xo’jaligi bosh iqtisodchisi, 1996-2003 yillarda To’raqo’rg’on mexanika-iqtisodiyot kolleji o’qituvchisi, 2003-2011 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti iqtisodiyot kafedrasi katta o’qituvchisi, 2011-2012 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti demokratik jamiyat kurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o’qituvchisi, 2012-2017 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi katta o’qituvchisi, 2017-2021 yillarda Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi, 2021 yildan xozirgacha Namangan muhandislik-qurilish instituti iqtisodiyot kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 100 ga yaqin ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.

 



Umurzakov Dilshodbek Xakimovich

 E-mail: 

1992-1997 yillarda Farg’ona politexnika instituti talabasi, 1998-1999 yillarda Norin tuman XTB bulimi markazlashgan hisobchisi, 1999-2001 yillarda Norin tuman moliya bo’limi byudjet bo’limi bosh iqtisodchisi, 2001-2003 yillarda Norin tuman 6- son musiqa maktabi bosh hisobchisi, 2003-2013 yillarda Namangan Muxandislik iqtisodiyot instituti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi assistenti, 2013-2018 yillarda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qarashli Namangan viloyat yuridik kolleji bosh hisobchisi, 2018-2019 yillarda Nazokat-AJG mas’uliyati cheklangan jamiyatida bosh hisobchi, 2019-2021 yillarda Prima mebel mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasining bosh hisobchisi , 2021 yildan xozirgacha Namangan muhandislik-qurilish instituti iqtisodiyot kafedrasi katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 50 ga yaqin ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.

 


Hojiboyeva Iqbola Valijonovna

 E-mail: iqbola2281@gmail.com

1998-2002 yillarda Namangan Davlat universiteti talabasi, 2002-2003 yillarda Namangan tumani engil sanoat kasb-hunar kolleji o’qituvchisi, 2003-2004 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti kadrlar bo’limi katta inspektori, 2004-2006 yillarda Namangan Davlat universiteti magistranti, 2006-2011 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti kadrlar bo’limi katta inspektori, marketing va axborot xizmatlari ko’rsatish bo’limi boshlig’i, menejment kafedrasi o’quv ustasi, iqtisodiyot kafedrasi kabinet mudiri, 2011-2017 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi assistenti, 2017 yildan xozirgacha Namangan muhandislik-qurilish instituti iqtisodiyot kafedrasi o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.100 ga yaqin ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.

 


Ubaydullayev Tohirjon Abdullayevich

 E-mail: tohirjonubaydullayev@umail.uz

1978-1982 yillarda Toshkent qishloq xo’jaligi insituti Farg’ona filiali talabasi, 1982-1984 yillarda Harbiy xizmatda, 1984-1987 yillarda Uychi tumani Sh.Rashidov jamoa xo’jaligi xisobchisi, 1987-1990 yillarda Namangan qishloq xo’jalik texnikumida o’qituvchi, 1990-1991 yillarda Uychi tuman matlubot jamiyatlarida bosh xisobchi o’rinbosari, 1991-1992 yillarda Namangan viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi bosh hisobchisi, 1993-1994 yillarda Namangan viloyat qishloq xo’jaligi boshqarmasida etakchi mutaxasis, 1994-1997 yillarda Namangan sanoat-texnologiya insituti aspiranti, 1997-2005 yillarda Namangan muxandislik-pedagogika instituti menejment kafedrasi katta o’qituvchisi, 2005-2007 yillarda Namangan muxandislik-pedagogika instituti moliya kafedrasida katta o’qituvchi, 2007-2011 yillarda Namangan muxandislik-pedagogika instituti kasb ta’limi (buxgalteriya xisobi va audit) kafedrasi assistenti, 2011-2012 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi assistenti, 2012-2013 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti kasb ta’limi (buxgalteriya hisobi va audit) kafedrasi assistenti, 2013-2017 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi assistenti, 2017 yildan Namangan muhandislik-qurilish instituti iqtisodiyot kafedrasi o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 100 ga yaqin ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.

 


Xolmirzayev Ulug`bek Abdulazizovich

 E-mail: xulugbek1984@gmail.com

2001-2005 yillarda Namangan muhandislik iqtisodiyot instituti talabasi, 2005-2007 yillarda Namangan muhandislik iqtisodiyot instituti magistranti, 2007-2008 yillarda Abdulhafiz-Aziz-Ulug’bek fermer xo’jaligida bosh hisobchi, 2008-2011 yillarda Namangan muxandislik-pedagogika instituti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi assistenti, 2011-2012 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi assistenti, 2012-2013 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti kasb ta’limi (buxgalteriya hisobi va audit) kafedrasi assistenti, 2013-2017 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi assistenti, 2017 yildan xozirgacha Namangan muhandislik-qurilish instituti iqtisodiyot kafedrasi o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 100 ga yaqin ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.

 


Jurayev Elyorbek Sobirjon o`g`li

 E-mail: maclaren1988@mail.ru

2009-2013 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti talabasi, 2013-2015 yillarda Toshkent moliya instituti magistranti, o’rindoshlik asosida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi muhandisi, 2015-2017 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti axborot-resurs markazi axborot texnologiyalari bo’yicha yetakchi mutaxassisi, o’rindoshlik asosida kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi assistenti , 2017-2017 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi assistenti, 2017 yildan xozirgacha 2017 yildan Namangan muhandislik-qurilish instituti iqtisodiyot kafedrasi o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 85 ga yaqin ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.

 


Ibrogimov Sherzodbek Halimjon o’g’li

 E-mail: 

2010-2014 yillarda Namangan muhandislik pedogogika instituti talabasi, 2015-2015 yillarda Namangan shahar bo’yicha g’aznachilik bo’linmasi yuridik majburiyatlarni ro’yxatga olish va narxlar monitoringi guruhi bosh inspektori. 2015-2017 yillarda Namangan viloyati bo’yicha g’aznachilik mudofaa va xuquqni muxofaza qiluvchi organlarning yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yxatga olish va to’lovlarini amalga oshirish guruhi bosh inspektori, 2017-2017 yillarda Namangan viloyati bo’yicha g’aznachilik boshqarmasi bosh xisobchi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi, 2017-2018 yillarda Namangan viloyati bo’yicha g’aznachilik boshqarmasi mudofaa va xuquqni muxofaza qiluvchi organlarning yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yxatga olish va to’lovlarini amalga oshirish guruhi bosh inspektori, 2018-2019 yillarda Uzchasis mas’uliyati cheklangan jamiyat qo’shma korxonasi mutahasisi , 2019-2021 yillarda Namanan davlat universiteti magistranti (tashqi o’rindosh sifatida Namangan muhandislik-qurilish instituti iqtisodiyot kafedrasi kabinet mudiri 0,5 stavka), 2021 yildan xozirgacha Namangan muhandislik-qurilish instituti iqtisodiyot kafedrasi stajyor-o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 22 ga yaqin ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.

  • Share :