• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti tennis klubida Oʻzbekiston kubogi saralash musobaqalari oʻtkazilmoqda

Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida sportning stol tennis turi boʻyicha Oʻzbekiston kubogida qatnashish huquqini qoʻlga kiritish uchun viloyat saralash musobaqalari oʻtkazilmoqda.

Keskin va murosasiz bahslarga boy tarzda oʻtgan musobaqada Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 1-bosqich talabasi Abror Mirzaaliyev ham faol ishtirok etmoqda.

Turnirning gʻolib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishi koʻzda tutilgan.

  • Share :