• Davlat ramzlari
  • Sayt xaritasi

Namangan Muhandislik Qurilish Instituti


IQTISODIYOT VA BOSHQARUV FAKULTETI

 MULLABAYEV   BAXTIYARJON  BULTURBAYEVICH

haftaning har dushanba va shanba kunlari: 9.00-11.00

 Telefon:  (69) 234 13 92, (93) 948-68-68

 E-mail:  mullabaev.bahtiyor@gmail.com

 Ma'lumotnoma: Yuklab olish



O’quv ishlari bo’yicha dekan muovini

SAYFULLAEV ILXOMJON ABDURAXMONOVICH

 Qabul vaqti:  haftaning payshanba kuni: 14:00-17:00
 Telefon: +998946441054
 E-mail: Ilhomjonsa@mail.ru










Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari

Ahmedov Oybek Turg’unpo’latovich

 Qabul vaqti:  haftaning seshanba kuni: 14:00-17:00
 Telefon:+998 (93) 400-81-66
 E-mail: ahmedov4008166@gmail.com




Fakultet haqida

Fakultet Namangan muhandislik-qurilish institutining 2021 yil 21 avgustdagi 129-u sonli “Institut Fakultetlar va kafedralar tuzilmasiga o’zgartish kiritish to’g’risida” gi buyrug’iga asosan tashkil topgan bo’lib, hozirgi kunda Fakultetda to’qqizta bakalavriat ta’lim yo’nalishi hamda to’rtta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha talabalar tahsil olmoqda: 

1.5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha);

2.5230900-Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha);

3.5341300-Kommunal infratuzilma va uy joy kommunal xo’jaligini tashkil etish va boshqarish;

4.5230200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha); 

5.5232900-Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish (tarmoqlar va sohalar bo’yicha;

6.5231900-Korporativ boshqaruv;

7.5610100- Xizmatlar sohasi (uy-joy, kommunal va maishiy xizmatlar);

8.5340300-SHahar qurilishi va xo’jaligi; 

9.5340300-SHahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish.

Magistratura mutaxassisliklari

1.5A230102 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)

2.5A230201 Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)

3.5A230901 Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)

4.5A231901 Korporativ boshqaruv

 

Fakultet tasarrufida 4 ta kafedra mavjud bo‘lib, ular:
 1. Iqtisodiyot

2. Menejment 

3. SHaxarsozlik va kommunal infratuzilmani boshqarish  

4. O’zbek tili va adabiyoti
 

Fakultetda hozirgi davrda 37 nafar (3 nafar fan doktori, 12 nafar fan nomzodi, 12 nafar katta o‘qituvchi va 4 nafar o’qituvchi hamda 8 nafar stajyor-o’qituvchi) professor-o‘qituvchilar o‘z faoliyatlariniolib bormoqdalar. Fakultetda jami 736 nafar talaba, jumladan 156 nafari davlat granti asosida 580 nafari to‘lov shartnoma asosida tahsil olmoqda. 2017-2021 yillarga mo’ljallangan fundamental davlat granti asosida quyidagi ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda: 

1. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarni  boshqarishni takomillashtirish

2.SHaxarsozlik muammolari va kommunal infratuzilmani boshqarishni takomillashtirish 

3. Mintaqada xususiy tadbirkorlik rivojlantirish va tadbirkorlik muhitining yaxshilashning dolzarb yonalishlari.

Fakultetning professor-o’qituvchilari o’quv yili davomida 5 ta monografiya, 5 ta o’quv qo’llanma, 133 ta ilmiy maqolalar chop ettirildi. Jumladan 66 ta xorijiy ilmiy jurnallarda va 22 ta respublika ilmiy jurnallari hamda 53 ta ilmiy amaliy konferentsiyalarda ma’ruza tezislari nashr ettirildi. 2021 yil  avgust  oyida dotsent R.Ismatov va B.Mullabayevlarning   “QUALITY MANAGEMENT SYSTEM AT ENTERPRISE” nomli o’quv qo’llanmasi Amazon elektron kutubhonasiga joylashtirildi. Dotsentlar  B.Mullabyev. T.Dadaboyev, F.Qoreyevlarning “Management of Vertical Integrated Industrial Enterprises” nomli monografiyasi  Amazon elektron kutubhonasiga joylashtirildi.




"Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri

Aripov Oybek Abdullayevich

Iqtisod kafedrasi 2011 yil 3 sentyabrdan buyon ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda. Kafedra Oliy ta’limning bakalavriat bosqichi uchun ixtisoslik kafedrasi hisoblanadi. Kafedrada jami 11,50 shtat birligi bo’lib, shu jumladan 2 nafari ayollar. Kafedrada 1 nafar fan doktori, 5 nafari fan nomzodi, dotsentlar va 4 nafari o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 56 % ni tashkil etadi.







"Menejment" kafedrasi mudiri 

Dadabayev To’lqinjon Yusupjonovich

Menejment kafedrasi 1991 yil 6 iyunda institut ilmiy kengashining qarori bilan tashkil etildi. Kafedrada asosiy shtatda 11 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqda. SHundan 2 nafari fan doktor (Bir nafari tashqi o’rindosh), 2 nafari fan nomzodi, 2 nafari PhD falsafa doktor Ilmiy saloxiyat 50 %. Kafedra professor-o’qituvchilarining o’rtacha yoshi 40 yosh.







"Shaxarsozlik va kommunal infratuzilmani boshqarish" kafedrasi mudiri 

Isakov Musoxon Yusupdjanovich

“Shaxarsozlik va kommunal infratuzilmani boshqarish” kafedrasi 2021 yil 30 avgustdan buyon ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda. Kafedra Oliy ta’limning bakalavriat bosqichi uchun ixtisoslik kafedrasi hisoblanadi. Kafedrada jami 7 shtat birligi bo’lib, shu jumladan 2 nafari ayollar. Kafedrada 2 nafari fan nomzodi, dotsentlar va 5 nafari o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 30 % ni tashkil etadi.






"O’zbek tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri

Abdullayeva Saidaxon Nuridinovna

Namangan muhandislik-qurilish instituti rektorining 2020 - yil 14- yanvardagi № 11-u buyrug’iga asosan, O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashkil etildi. 2021-2022 o’quv yilida ushbu kafedra institutning Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti tarkibida faoliyat olib bormoqda. Kafedrada o’tiladigan fanlar bo’yicha o’quv xonalari talab darajasida jihozlangan. O’quv xonalari ko’rgazmali qurollar, o’qitishning texnik vositalari bilan jihozlangan. Kafedradagi fan nomzodlari soni: 3 nafar, ilmiy salohiyat: 37,5 % ni nashkil etadi. Kafedra professor-o’qituvchilarinig o’rtacha yoshi: 42 yosh.Kafedrada o’zbek tili va rus tili fani taraqqiyoti uchun ilmiy izjlanishlar yo’lga qo’yilgan. Xususan, o’zbek tilini texnika yo’nalishlarida sohaga yo’naltirib o’qitishning zamonaviy texnologiyalariga doir mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.









Foydali havolalar

image
image
image
image
image
Top reyting www.uz © 2017 - 2021. NamMQI - Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan ma`lumotlardan foydalanilganda veb-saytga havola qilish majburiy.